Viza va kirish qoidalari

Quyidagi ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun umumiy yo‘riqnoma. Yakuniy qaror va talablar tegishli davlat konsulligiga tegishli va o‘zgarib turadi.

Yunico Tour viza berish yoki rad etish bo‘yicha qaror qabul qilmaydi va natijani kafolatlamaydi. Biz hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlash va topshirish bosqichlarida ko‘maklashamiz. Safardan oldin talablarni konsullikning rasmiy manbaidan qayta tekshiring.

DavlatRejimMuddatIzoh
TurkiyaVizasiz30 kungachaPasport 6 oydan ortiq amal qilishi kerak.
BAAElektron viza30 yoki 60 kunRasmiylashtirish 3–5 ish kuni. Yig‘im rad etilganda qaytarilmaydi.
IndoneziyaKelganda viza30 kun, uzaytirish mumkinQaytish chiptasi majburiy. Yig‘im aeroportda to‘lanadi.
MalayziyaVizasiz30 kungachaKelishdan oldin elektron kirish kartasi to‘ldiriladi.
GruziyaVizasiz1 yilgachaID-karta bilan kirish mumkin emas, pasport talab qilinadi.
MisrKelganda viza30 kunAeroportda yig‘im to‘lanadi; mehmonxona broni so‘ralishi mumkin.
Shengen hududiViza talab qilinadi180 kunda 90 kunKonsullikda shaxsan topshiriladi, biometrika olinadi. Muddat 15–45 kun.
Buyuk BritaniyaViza talab qilinadi6 oygachaOnlayn ariza va viza markazida biometrika. Moliyaviy hujjatlar batafsil tekshiriladi.
YaponiyaViza talab qilinadi15–30 kunKafolat xati va batafsil marshrut talab qilinadi.
Janubiy KoreyaViza talab qilinadi30–90 kunIsh joyidan ma’lumotnoma va bank hisobvarag‘i ko‘chirmasi zarur.

Odatda talab qilinadigan hujjatlar

  • Safar tugagach kamida 6 oy amal qiladigan biometrik pasport
  • Anketa va belgilangan o‘lchamdagi fotosurat
  • Aviachipta va mehmonxona bronining tasdig‘i
  • Moliyaviy ta’minot dalili (bank ma’lumotnomasi yoki homiylik xati)
  • Tibbiy sug‘urta polisi
  • Ish joyidan ma’lumotnoma yoki o‘quv joyidan spravka
  • Voyaga yetmaganlar uchun ota-onaning notarial roziligi

Jarayon qanday kechadi

  1. 1

    Yo‘nalish va sanani tasdiqlaymiz, talablar ro‘yxatini yuboramiz.

  2. 2

    Hujjatlarni yig‘asiz, biz to‘liqligini tekshiramiz.

  3. 3

    Anketa to‘ldiriladi va konsullik navbati band qilinadi.

  4. 4

    Hujjatlarni shaxsan yoki vizа markazi orqali topshirasiz.

  5. 5

    Qaror chiqqach pasportni olasiz va safar hujjatlari rasmiylashtiriladi.